❓«Tepki»ga qarshi vaksina bormi?

❓«Tepki»ga qarshi vaksina bormi?

✅Biz «tepki» deb atayotgan kasallik tibbiyotda epidemik parotit nomi bilan yuritiladi.

✅Xuddi grippga o‘xshab viruslarning havo tomchi yo‘li orqali yuqishidan vujudga keladi. Xastalikka chalingach, dori-darmon vositalari qabul qilinmasa, immun tizimining o‘zi viruslar bilan kurashib, ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng g‘olib keladi. Biroq barini immun tizimining zimmasiga yuklab qo‘yish noto‘g‘ri. Chunki parotit nafaqat so‘lak bezlarini zararlaydi,davolanmasa xastalik kelgusida bepushtlikka sabab bo‘ladi.

— Tepki asosan bolalar kasallanadigan virusli yuqumli kasallik bo‘lib, kasallik 1/3 holatlarda belgilarsiz kechadi.
— Tepkida so‘lak bezi, oshqozon osti bezi, tuxumdon va markaziy asab tizimlarining yiringsiz yallig‘lanishi kuzatiladi.
— Ko‘proq quloq oldi so‘lak bezi zararlanadi.
— Tepkiga chalingan odam yo‘talganda va aksa urganda havo-tomchi orqali yuqadi.
— Tepkiga qarshi qizamiq va qizilcha bilan birlashtirilgan vaksina (KPK) yuboriladi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum