❓Ovqatdan zaharlanish nima?

❓Ovqatdan zaharlanish nima?

❗️Ovqatdan zaharlanish — odatda hazm qilish buzilishi bilan kechadigan o’tkir kasallik. Buning sababi ko’pincha organizmga oziq-ovqat bilan birgalikda turli mikroorganizmlar kirishi bo’ladi.
Ko’pchilik oziq-ovqatdan zaharlanish hollari mahsulotlarda tillarang stafilokokk va ichak tayoqchasining jadal ko’payishidan kelib chiqadi. Zaharlanishlarni ko’pincha yaroqlik muddati tugagan sifatsiz, noto’g’ri sharoitlarda saqlangan yoki sanitariya me’yorlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste’mol qilish keltirib chiqaradi.
Ovqatdan zaharlanish shunindek zaharli qo’ziqorinlar va o’simliklarni tanovul qilishda ham kuzatiladi.

❗️Yodda tuting

Ko’pincha zaharlanishni sut va sut mahsulotlari, kremli tort va pishiriqlar, yumshoq pishloq, qaynatilgan kolbasa, pashtetlar, tuxum, uyda tayyorlangan mayonez, mayonez yoki smetanali salatlar, pomidor va pomidor sharbati keltirib chiqaradi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum