❓Nosogʻlom turmush tarzi qanday salbiy oqibatlarga olib keladi?
✅Nosogʻlom turmush tarzi va jismoniy nofaollik yurak-tomir tizimi kasalliklari, insult, xavfli oʻsmalar, nafas olish aʼzolarining surunkali yalligʻlanishi, qandli diabet kabi yuqumli boʻlmagan xastaliklarni keltirib chiqargani bois butun dunyo boʻyicha nogironlik va barvaqt oʻlimlarning yetakchi sabablaridan hisoblanadi.
✅Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, keyingi bir necha oʻn yil ichida dunyoda ortiqcha vazn va semizlik muammosi ortib bormoqda. 2015-yilda yuqumsiz kasalliklar 40 million odamning umriga zavol boʻldi, bu esa dunyo boʻyicha barcha oʻlim holatlarining 70 foizini tashkil qiladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum