❓Ko’katlar, meva-sabzavotlar orqali parazitar kasalliklar yuqishi mumkinmi?
Ko’katlar, meva va sabzavotlar sog’lom ovqatlanishning muhim qismi ekanligi hammaga ma’lum. Ammo, ularni iste’mol qilishda ehtiyot bo’lish lozim, chunki ular orqali parazitar kasalliklar yuqishi mumkin.
❓Qanday parazitlar yuqishi mumkin?
Gelmintlar: Askaridoz, enterobioz , trixinelyoz va boshqa gijja kasalliklari.
Protozoylar(sodda hayvonlar):
Giardioz,amyobioz va toksoplazmoz.
❗️Yuqish yo’llari
Tuproq: Ko’katlar, meva va sabzavotlar tuproq bilan aloqa qilganda parazit tuxumlari yoki lichinkalari bilan zararlanishi mumkin.
Suv: Sug’orish uchun ishlatiladigan ifloslangan suv ham parazitlarni yuqtirishi mumkin.
Go’ng: Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan go’ng to’g’ri ishlov berilmasa, parazitlar manbai bo’lishi mumkin.
Gigiena qoidalariga rioya qilmaslik Ko’katlar, meva va sabzavotlarni yig’ishtirish, tashish va sotishda gig.qoidalariga rioya qilmaslik ham parazitlarning tarqalishiga olib kelishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum