❓Ichimlik suviga qanday gigiyenik talablar qo‘yiladi?
💦 Suv–bebaho boylik.
💦 Ichimlik suviga quyidagi gigiyenik talablar qoʻyiladi:
epidemik va radiatsiya jihatdan xavfsiz, kimyoviy tarkibi bo‘yicha zararsiz va ijobiy organoleptik xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.Aholiga berilayotgan ichimlik suvining sifati belgilangan davlat standarti talablariga mos kelishi kerak.
💦Aholini markazlashgan xo‘jalik-ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ichimlik suvi suv inshootlarida xlorlanadi.Foydali tomoni – suvni xlorlashdan maqsad uning tarkibini kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlardan tozalashdir.
💦Yirik ichimlik suv inshootlarida suvni xlorlash uchun suyuq xlor ishlatiladi.Suv xlorlangandan keyin 0,5-1 soat o‘tgach qoldiq xlor miqdori 0,3-0,5 mg/l bo‘lishi gigiyenik me’yorga to‘g‘ri keladi.Ichimlik suvi iste’molchiga yetib borgunga qadar tarkibida xlor qolmaydi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum