❓Gipotoniya nima?

❓Gipotoniya nima?

✅Qon bosimi pastligi, arterial gipotenziya, gipotoniya (qad. yun. ὑπό — osti, past va lot. tensio — kuchlanish) — arterial bosimning boshlang’ich / normal ko’rsatkichlardan 20% dan ortiq yoki mutlaq raqamlarda — 90/60 mm sim. ust. dan tushishiga aytiladi.

❓Gipotoniyaning qanday turlari mavjud?

✅O’tkir arterial gipotenziya (kollaps, shok) qoida sifatida yurak faoliyatining buzilishi, ko’p miqdorda qon yo’qotish, suvsizlanishda yuzaga keladi va tezda miya va ichki a’zolarning gipoksiyasiga olib keladi. Shunday qilib, o’tkir gipotenziya — doimo ayrim kasalliklarning yoki tashqi ta’sirning asorati bo’lib, doimo davolanishda e’tiborga olinishi kerak bo’lgan aniq sabablari mavjuddir.

✅Surunkali arterial gipotenziya o’tkir shaklidan farqli o’laroq umuman boshqa sabablar tomonidan chaqirilgan bo’ladi. Qon bosimi past bo’lgan odamlarda odatda uning regulyatsiyasi buzilgan, haqiqiy sabablari esa turli tabiatga ega bo’ladi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum