❓Botulizmga nima sabab bo’ladi?
✅Botulizm botulina bakteriyalari (va boshqa Clostridium turlari) tomonidan sintez qilinadigan neyrotoksinlar sabab rivojlanadi. Toksin kasallikni keltirib chiqaradi va u nervlar uchlarida asetilxolinning tarqalishini oldini oladi. Ushbu natija botulizm bilan bog’liq alomatlarga olib keladi.
❓Botulizm uchun xavf omillari nima?
✅Botulina bakteriyalari va sporalarini o’ldirish uchun va har qanday toksinlarni denaturatsiya qilish uchun to’g’ri ishlov berilmagan mahsulotlarini iste’mol qilish tufayli botulizm rivojlanishi xavfi ortadi(masalan, pomidor yoki baliq kabi konserva mahsulotlari ishlab chiqarish, ba’zi uy konservalash usullari). Ba’zi asallarda oz miqdorda botulinaning bakterial sporlari bo’lishi mumkin. Yaralar tuproq yoki najas bilan ifloslangan bo’lsa botulizm rivojlanishi xavfi ortadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum