❓Blefarit nima?
✔️Blefarit-ko‘z qovog‘ining yallig‘lanishi bilan bog‘liq surunkali kasallik bo‘lib, u bemorlarda ko‘zning qichishishi, qizarishi va shishishiga sabab bo‘ladi. Bu kasallik turli yoshdagi insonlarda uchrashi mumkin va ko‘pincha uzoq davom etuvchi diskomfortga olib keladi. Ko‘pgina hollarda blefarit o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydi, balki uzoq muddatli parvarish va muolajalarni talab qiladi.
❓Blefaritning qanday turlari mavjud?
✔️Blefarit ikki asosiy turga bo‘linadi:
old va orqa blefarit.
Old blefarit ko‘z qovoqlarining old qismiga ta’sir qiladi va odatda bakteriyalar yoki teri kasalliklari tufayli yuzaga keladi. Orqa blefarit esa meybomiy bezlarining faoliyati buzilishiga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha yog‘ ajralishining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Bu holat ko‘z qurishi sindromi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum