✔️Visseral leyshmanioz
✔️O‘zbekistonda visseral leyshmanioz kasalligi asosan Namangan, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida qayd etiladi.
✔️Kasallik manbai — it va itsimonlar (buri, chiyaburi, tulki) oilasiga kiruvchi hayvonlar hisoblanadi.
✔️Visseral leyshmanioz o‘z vaqtida maxsus davo kursi o‘tkazilmaganda, yuz foiz o‘lim holati bilan yakun topishi mumkin bo‘lgan xavfli kasallik hisoblanadi.
✔️Kasallik asosan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, katta yoshdagilar orasida immuniteti past bo‘lgan odamlar ko‘proq chalinadi. Kasallikning yashirin davri 10 kundan 3 oygacha, ayrim hollarda 1 yilgacha cho’zilishi mumkin. Kasallikning asosiy klinik belgilaridan biri jigar va taloqning kattalashishi hisoblanib, taxminan 10 foiz bemorlarda jigar sirrozi kuzatiladi.
✔️Kasallikning oxirgi bosqichlarida tanada shishlar paydo bo‘lishi, ozib ketish (kaxeksiya) va giperpigmentatsiya (kala-azar «qora kasal») kuzatiladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum