✔️Rinit (Burun oqishi)

✔️Rinit (Burun oqishi) — yuqori nafas yo‘llarining keng tarqalgan yallig‘lanish kasalligi. O‘tkir va surunkali shakllari mavjud. Bolalarda, ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalarda rinit kattalarga qaraganda ikki baravar ko‘p uchraydi.

✔️Hozirgi vaqtda rinitning bir nechta turlari mavjud:

✔️Kataral:
burun shilliq pardasining surunkali yallig‘lanishi.
✔️Virusli:
kuz-qish davrida paydo bo‘ladi.
✔️Allergik:
mavsumiy yoki yil davomida bo‘lishi mumkin.
✔️Atrofik:
quruqlik, po‘st tashlash, hid bilishning yo‘qolishi va burundan qon ketishi bilan kechadi.
✔️Gipertrofik:
burun bo‘shlig‘ida biriktiruvchi to‘qima o‘sib ketishi bilan ta’riflanadi.
✔️Medikamentoz:
burun preparatlarini uzoq vaqt ishlatish natijasida rivojlanadi.

✔️Sabablari

✔️O‘tkir rinit burun shilliq pardasining yallig‘lanishi tufayli boshlanadi. Asosiy sabablari:

✔️O‘ta sovuqda;
✔️Tez-tez uchraydigan virusli infeksiyalar;
✔️Burun shilliq qavati jarohatlari;
✔️Changli yoki tutunli xonalarda bo‘lish.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum