✔️Piyelonefrit kasalligi diagnostikasi

✔️Piyelonefrit kasalligi diagnostikasi

✔️O‘tkir piyelonefrit tashxisi klinik simptomlar asosida qo‘yiladi:

✔️Bel og‘rig‘i;
✔️Og‘riqli siyish;
✔️Siydikdagi qon aralashmalari;
✔️Sassiq siydik hidi.
✔️Nefrolog surunkali kasalliklar va yaqinda yiringli jarayonlar borligini aniqlaydi.

✔️Laboratoriya tadqiqotlari quyidagilarni ko‘rsatadi:

✔️Bakteriuriya;
✔️Mikrogematuriya;
✔️Ozgina proteinuriya.

✔️Umumiy qon tahlili yallig‘lanish belgilarini (yuqori ECHT, leykotsitoz, azotli shlaklarning ko‘payishi) aniqlaydi.Mikroflorani aniqlash uchun maxsus test-to‘plamlardan foydalaniladi.

✔️Umumiy urografiya bitta buyrakning kattalashganini, kosachalar va jomlarning deformatsiyasini ko‘rsatishi mumkin. UTT buyrakdagi strukturaviy o‘zgarishlarni o‘rganishga imkon beradi, Zimnitskiy sinamasi esa a’zoning konsentratsion qobiliyatini baholaydi. KT siydik-tosh kasalligini istisno qiladi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum