✔️Epidemik parotit tasnifi

✔️Epidemik parotit tasnifi

🔶Manifestant shakllari

✔️Asoratlanmagan:
faqat so’lak bezlarining shikastlanishi (bir yoki bir nechta);
✔️Asoratlangan:
so’lak bezlari va boshqa a’zolarning shikastlanishi (meningit, meningoensefalit, pankreatit, orxit, mastit, miokardit, artrit, nefrit).

🔶Kechish og’irligiga qarab:
✔️Yengil(shu jumladan, xira va atipik shakllari):
subfebril isitma, intoksikatsiya belgilarisiz yoki zaif belgilari bilan, asoratlarsiz kechadi.
✔️O’rtacha:
febril isitma (38-39,9 °C), tana haroratining yuqoriligi uzoq muddat saqlanib turadu va umumiy intoksikatsiyaning belgilari (varaja qilish, bosh og’rig’i, artralgiya va mialgiya bilan) sezilarli bo’ladi, so’lak bezlarining sezilarli kattalashishi — ko’pincha ikki tomonlama parotit, asoratlar mavjudligi qayd qilinadi.
✔️Og’ir:
tana haroratining juda baland ko’tarilishi (40 °C va undan yuqori), uning uzoq muddat saqlanib turishi (2 haftagacha yoki undan ko’p), umumiy intoksikatsiyaning keskin ifodalangan belgilari (asteniya, og’ir zaiflik, taxikardiya, qon bosimining pasayishi, uyqu buzilishi, anoreksiya va boshqalar) bilan.

🔶Infektsiyaning inapparat shakli

🔶Epidemik parotitning rezidual hodisalari
✔️Moyak atrofiyasi;
✔️Bepushtlik;
✔️Qandli diabet;
✔️Karlik, markaziy asab tizimi disfunksiyasi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum