✔️Epidemik parotit (lot. parotitis epidemica, tepki kasalligi)

✔️Epidemik parotit (lot. parotitis epidemica, tepki kasalligi) — paramiksovirus tomonidan chaqiriladigan bez a’zolarni (so’lak bezlari, oshqozon osti bezi, moyaklar) va markaziy asab tizimining yiringsiz zararlanishi bilan tavsiflanadigan o’tkir infeksion kasallikdir.

❓Tepki qanday yuqadi?

✔️Tepki kasalligi (glandalarning shishishi) kasallik alomatlari boshlanmasidan 9 kun oldin va boshlanganidan keyin 5-9 keyingi vaqt davomida infektsiyalangan bemordan havo-tomchi yo’li orqali yuqadi.

✔️Kasallik qo’zg’atuvchisi

✔️Parotit qo’zgatuvshisi paramiksoviruslar (Paramyxoviridae) oilasi, Rubulavirus avlodiga mansub RNK-saqlovchi virus hisoblanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi 1934-yilda E. Gudpacher va K. Jonson tomonidan ajratib olingan va o’rganilgan.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum