✔️Diareya kasalligining kelib chiqish sabablari

✔️Diareya kasalligining kelib chiqish sabablari

✔️Diareya ichaklarda suyuqlik va elektrolitlarning so’rilishi bilan bogʻliq buzilishlar tufayli rivojlanishi mumkin.Mazkur kasallik quyidagi sabablarga koʻra yuzaga keladi:

✔️Sekretor shakli:
surgi vositalaridan tez-tez yoki koʼp miqdorda foydalanilganda kelib chiqadi. Shuningdek, turli xil zaharlar yoki vabo vibrionlari (bakteriyalari) ham diareyaning ushbu turini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday diareya och rangli suyuq axlat bilan harakterlanadi, u hidsiz boʼladi va tarkibida qon, yiring boʼlmaydi.

✔️Ekssudativ shakli:
ichak infeksiyalari, masalan, dizenteriya va salmonellyoz, gijjalar, Kron kasalligi, oshqozon yarasi koliti, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari sabab bo’ladi. Axlat miqdori koʼp boʼlmaydi, rangi och sariq yoki yashil bo’lib, tarkibida qon va yiring ham mavjud bo`ladi.

✔️Osmolyar shakli:
oshqozon osti bezining fermentativ funksiyasi buzilganda, shuningdek, organizmga rotavirus infeksiyasi tushganda yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning bu shakli bolalar orasida eng keng tarqalgan.

✔️Ichak faoliyatini buzadigan stressdan kelib chiqqan diareya shakli ham mavjud.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum