✔️Brutsellyozning qo’zg’atuvchilari

✔️Brutsellyozning qo’zg’atuvchilari — brucella avlodiga mansub, hujayra ichida parazitlik qila oladigan grammanfiy bakteriyalardir. Brutsellyozning 6 tur qo’zg’atuvchisi va 17 ta biovari aniqlangan. Odamlar uchun uchtasi patogen hisoblanadi:

✔️Mayda shoxli mollar: echki, qo’ylar brutsellyozi qo’zg’atuvchisi (Brucella melitensis);
✔️Yirik shoxli qoramollar: sigir brutsellyozi qo’zg’atuvchisi (Brucella abortus);
✔️Cho’chqalar brutsellyozi qo’zg’atuvchisi (Brucella suis).

✔️Ba’zi manbalarda itlar brutsellyozi qo’zg’atuvchilari (Brucella canis) ham inson uchun xavfli deb ko’rsatilgan.

✔️Hayvonlar bakteriyalarni sut, siydik, amniotik suyuqlik orqali tarqatadi, shuningdek, Stomaxys calcitrans pashshasi ham brutsellyoz tashuvchisi hisoblanadi. Inson zararlanishi kasallik tashuvchi hayvonlar bilan bevosita kontakt qilishda yoki zararlangan oziq-ovqatlar — xom sut, pasterizatsiyalanmagan sutdan tayyorlangan pishloq iste’mol qilishda sodir bo’ladi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum