✍🏻Gepatit E 

✍🏻Gepatit E jigarning fekal-oral yo‘l bilan yuqadigan va epidemik qo‘zg‘alishlarga moyil bo‘lgan virusli kasalligi.U, odatda, yengil shaklda o‘tadi. Dunyoda har yili 20 millionga yaqin odam gepatit E bilan kasallanadi.y

✍🏻Sabablari

✍🏻Kasallik fekal-oral yo‘l bilan gepatit E virusi yuqishi natijasida yuzaga keladi.

✍🏻Sabablarga quyidagilar kiradi:

✍🏻Ifloslangan mahsulotlar va xom suvni iste’mol qilish.
✍🏻Infeksiyalangan odamlar bilan umumiy idish-tovoq, hammom anjomlari yoki ich kiyimlardan foydalanish.
✍🏻Zararlangan qonni quyish.
✍🏻Onadan bolaga ona qornida yuqish.

✍🏻Gepatit E kasalligini davolash

✍🏻Gepatit E kasalligini davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

✍🏻Dezintoksikatsion eritmalar.
✍🏻Glyukoza va vitaminlar eritmalari.
✍🏻Immunomodullovchi vositalar.
✍🏻Spazmolitik preparatlar.
✍🏻Gepatoprotektorlar.
✍🏻O‘t haydovchi preparatlar.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum