✅Yuqumli kasalliklarni oldini olishda emlashning ahamiyati.
✅Emlash — bu organizmni muayyan kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilish uchun sun’iy ravishda zaiflashtirilgan yoki o’ldirilgan mikroorganizmlar (viruslar yoki bakteriyalar) bilan ta’minlash jarayonidir. Emlashning asosiy maqsadi — organizmni kasallik qo’zg’atuvchilarga qarshi immunitet hosil qilish va kasallikning oldini olish.
✅Emlashning afzalliklari:
✅ Emlash poliomiyelit, qizamiq, tepki, ko’kyo’tal, difteriya kabi xavfli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.
✅ Emlash orqali aholining katta qismi immunitetga ega bo’lsa, kasallikning tarqalish xavfi kamayadi va epidemiyalarning oldi olinadi.
✅ Emlash dunyo miqyosida kasalliklarni yo’q qilishga yordam beradi (masalan, chechak kasalligi yo’q qilindi).
✅ Emlash kasallik tufayli davolanish va mehnatga layoqatsizlik xarajatlarini kamaytiradi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum