✅Vabo kasalligining diagnostikasi.

✅Vabo kasalligining diagnostikasi.

✅Vabo tashxisi infeksionist vrach tomonidan qo‘yiladi. Buning uchun quyidagi tahlillar va tadqiqotlar tayinlanadi:

✅qusish massalari, axlat massalari va ichak suyuqligini bakteriologik ekish;
✅serologik tadqiqotlar;
✅vibrionlarning mikroagglyutinatsiyasi va immobilizatsiyasi.

✅Vabo kasalligini boshqa ichak infeksiyalaridan (masalan, salmonellyoz va dizenteriya) hamda og‘ir metallar tuzlari va zamburug‘lar bilan zaharlanishdan farqlash ham muhimdir.

✅Vaboni davolash

✅Vabo kasalligini davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

✅suv-elektrolit muvozanatini tiklash uchun regidratatsiya tartib-taomillari;
✅suvsizlanishni bartaraf etish va elektrolitlar darajasini me’yorda ushlab turish uchun poliion eritmalarni tomir ichiga yuborish;
✅vabo vibrionini yo‘qotish uchun tetratsiklin qatori antibiotiklari.

✅Bemor tegishli kuzatuv va davolanishni ta’minlash uchun yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilishi kerak.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum