✅Qrim-kongo gemorragik isitma kasalligining belgilari
✅Kasallik o‘tkir boshlanib, bemorning tana harorati 39-40 darajagacha ko‘tarilishi, sovqotib qaltirashi, mushaklari og‘rishi, badanga toshma toshishi, yuz, bo‘yin, ko‘krak qismi terilari qizarishi, milk, burun, oshqozon-ichaklardan qon ketishi kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zi holatlarda kasallik og‘ir kechib, bemordan qon ketishi natijasida o‘lim qayd etiladi. Mazkur kasallik gemorragik belgilarsiz shaklda ham kechishi mumkin. Kasallikning bu shaklida badanda toshmalar toshmaydi, qontalashlar kuzatilmaydi, organlardan qon ketmaydi, kasallik asosan isitma va zaharlanish alomatlari bilan namoyon bo‘ladi.
❗️Shu bois, cho‘l hududiga dam olishga chiqqanlar dam olish uchun mo‘ljallangan joy mol boqiladigan yaylovdan kamida 2 – 3 km masofa uzoqda bo‘lishiga e’tibor berishlari kerak.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum