✅Qo‘ziqorinning teri salomatligi, miya va suyaklar uchun 6 foydasi

✅Qo‘ziqorinning teri salomatligi, miya va suyaklar uchun 6 foydasi

✅Yoshlikni saqlashga yordam beradi:
Qo‘ziqorin tarkibida ergotionen va glutation antioksidantlari birgalikda organizmni qarish belgilari, masalan, ajin tushishiga olib keladigan fiziologik stressdan himoya qilish uchun jadal ishlaydi.

✅Miyaning yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarini sekinlashtiradi:
Qoʻziqorin tarkibidagi ergotionen va glutation Parkinson, Alsgeymer kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. Aynan shu sabab ham mutaxassislar kelajakda nevrologik kasalliklarning xavfini oldini olish uchun kuniga kamida beshta shampinyon yeyishni tavsiya qiladi.

✅Xotirani yaxshilaydi:
2019-yilda Singapur Milliy universiteti tadqiqotchilari hafta davomida ikkita qo‘ziqorin porsiyasini iste’mol qilish kognitiv qobiliyatning susayishini kamaytiradi, degan xulosaga kelgan.

✅Yurak salomatligini mustahkamlaydi:
Tarkibida glutamate ribonukleotidlar borligi hisobiga qo‘ziqorin taomning mazali bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ushbu birikmalar qon bosimi va yurak kasalliklarini keltirib chiqarmasdan, xushbo‘y ifor va ta’m bag‘ishlaydi.

✅Suyaklar mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi:
Do‘konlardagi o‘ramiga UVB deb yozib qo‘yilgan qo‘ziqorin qorong‘ida o‘sadigan navlardan farqli ravishda quyosh nurlari ostida yetishtirilgan bo‘lib, unda ergosterol va D vitamini bisyor bo‘ladi. Bu kabi mahsulot bir kiloga yaqin miqdorda iste’mol qilinganda D vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyoj qoplanadi va suyaklar salomatligi mustahkamlanadi.

✅Energiya bilan ta’minlaydi:
Qo‘ziqorin B guruhi vitaminlari: riboflavin (B2), foli kislotasi (B9), tiamin (В1), pantoten kislotasi (В5) va niatsin (В3)ning koni sanaladi. Ushbu vitaminlar organizmni energiya bilan ta’minlashga va kislorod bilan ta’minlaydigan eritrotsitlar ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum