✅Qoʻziqorindan zaharlanish asoratlari

✅Qoʻziqorindan zaharlanish asoratlari

✅Odatda ushbu mahsulotni tanovul qilganda bir yoki bir necha shaxslar zaharlanadi.

✅Bunday paytda kasallik belgilari uning turiga qarab, turlicha namoyon bo‘ladi.
Asosan bemorda asab tizimi faoliyatida o‘zgarishlar, so‘lak oqishi, ko‘p terlash, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, kuchli bosh og‘rig‘i, holsizlik, qorin sohasida qattiq og‘riqlar, bosh aylanishi, ich ketishi, ko‘zdan yosh oqishi kabi belgilar kuzatiladi.

✅Shuningdek, tomir urishi sekinlashadi va sustlashadi, alahsirash, titrash kuzatiladi. Ko‘z qorachig‘i kengayadi yoki torayadi. Zaharlangan insonga o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatilsa, odatda 1-2 kundan so‘ng sog‘ayib ketadi. Aks holda, bemorning ahvoli og‘irlashib, o‘lim bilan yakun topishi ham mumkin.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum