✅Pomidorning foydali xususiyatlari

✅Pomidorning foydali xususiyatlari

✅Sabzavotlar orasida sevimli bo‘lgan pomidor to‘yimli bo‘lishi bilan birga bir qancha foydali xususiyatlarga ham ega.

✅Yurak salomatligini yaxshilaydi;
Pomidor tarkibidagi ozuqaviy modda «Likopen  – bu pomidorga qizil rang beradigan birinchi raqamli tabiiy antioksidant», likopen yurak-qon tomir tizimiga turli yo‘llar bilan taʼsir qiladi.U qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi, aterosklerozning oldini oladi, xolesterin va yog‘lar darajasini pasaytiradi.
✅Saraton xavfini kamaytiradi;
Pomidorni isteʼmol qilish tuxumdon, oshqozon, oshqozon osti bezi va prostata saratoni xavfini kamaytiradi.
✅Vitamin yetishmasligining oldini oladi;
Pomidor C vitamini va kaliyning ajoyib manbayidir.
✅Qandli diabet taʼsirini kamaytiradi;
Qandli diabetga chalinganlarga ratsionga pomidorni kiritish tavsiya etiladi.Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pomidor stress, yallig‘lanish, ateroskleroz va diabetga olib keladigan to‘qimalarning shikastlanishini kamaytiradi.
✅Quvvatga taʼsir ko‘rsatadi;
Pomidor kletchatkaning eng yaxshi manbayidir. Bitta pomidor tarkibida 1,5 gramm kletchatka ovqat hazm qilish tizimining ishlashiga yordam beradi. Shuning uchun muntazam ravishda ichak harakati yuzaga keladi.
✅Terini himoya qiladi;
Pomidor isteʼmol qilish terining ultrabinafsha nuriga taʼsirini kamaytiradi va quyosh urishi xavfini kamaytiradi.
✅Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi:
Pomidorni tuxum hamda salat bargi bilan isteʼmol qilish lyutein va zeaksantin  – ko‘zlar uchun foydali karotinoiddir. Natijada pomidor isteʼmoli tufayli ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum