✅Issiqlik urishi – tashqi yuqori haroratning uzoq vaqt ta’siri natijasida tananing umumiy qizib ketishi (yozda koʻchada, hammom va sauna kabi yopiq xonalarda, jamoat transportida). Bundan tashqari, zich sintetik kiyim ham tananing qizib ketishiga olib keladi.
✅Quyosh urishi – quyosh nuri boshga uzoq vaqt ta’sir qilishi natijasida rivojlanadigan holat.
Quyosh urishi issiqlik urishi bilan bir vaqtda vujudga kelishi mumkin. Quyosh va issiqlik urgan paytda tanada sodir boʻladigan jarayonlar oʻxshashdir.
✅Issiqlik va quyosh urishi belgilari:
✅Tana haroratining koʻtarilishi;
✅Terining qizarishi;
✅Terlashning kuchayishi;
✅Yurak urishi va nafas olishning tezlashishi;
✅Bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, kuchsizlanish, charchoq;
✅Gandiraklab yurish;
✅Uyquchanlik, esnash;
✅Quloqlarda shovqin;
✅Koʻngil aynishi, qusish;
✅Issiqlik ta’siri uzoq vaqt davom etsa tana harorati 40° C gacha koʻtarilishi mumkin;
✅Ogʻir holatlarda hushdan ketish va talvasaga tushish.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum