✅Gaymorit 

✅Gaymorit – burun yon (yuqori jag’ bo’shlig’i) sinus shilliq qavatining yallig’lanishi bilan ifodalanadigan kasallik, sinusitning bir turi sanaladi va eng keng tarqalgan LOR kasallik hisoblanadi. Kasallik paytida nafas olish qiyinlashadi, burun ko’prigida og’riq paydo bo’ladi, ko’z qovoqlari shishadi, burundan yiringli suyuqlik oqadi.

✅Gaymoritning tasnifi:

✔️Kasallik o’tkir va surunkali bo’lishi mumkin.

✅Yallig’lanish jarayoniga qarab gaymorit quyidagi shakllarda namoyon boladi:

✔️Kataral (tumovga oʼxshaydi, ko’z va yonoqlarda og’irlik sezilishi mumkin).
✔️Yiringli (sinuslarda yiringli suyuqlik to’planadi, og’riqli hislar paydo bo’ladi).

✅Surunkali gaymoritning shakllari:

✔️Kataral (burun bitishi yiliga bir necha marta sodir bo’ladi).
✔️Yiringli (kasallik zo’rayganda, burundan oddiy shilimshiq modda emas, balki yiring oqadi).
✔️Kistoz (gaymor bo’shligida suyuqlik bilan to’la kistalar shakllanadi).
✔️Polipoz (sinuslarda poliplar hosil bo’ladi).

✅Gaymoritning o’tkir yoki surunkali turi quyidagi shakllarda namoyon bolishi mumkin:

✔️bir tomonlama (faqat bitta sinus yallig’lanadi);
✔️ikki tomonlama (bir vaqtning o’zida ikkita sinus yallig’lanadi).

✅Infeksiyani sinuslarga yuqish yo’llariga qarab gaymorit quyidagi shakllarda kechadi:

✔️Gematogen (infeksiya eng boshidan sinuslarga tushadi);
✔️Rinogen (o`tkazib yuborilgan tumov tufayli);
✔️Travmatik (bosh suyagining shikastlanishi tufayli);
✔️Odontogen (vaqtida davolanmagan kariyes tufayli).

https://t.me/sanepidqom_qarshitum