✅Buqoq kasalliginining profilaktikasi
✅Buqoq kasalligini oldini olish uchta shaklda amalga oshirilishi mumkin — ular ommaviy, guruh va individual bo’lishi mumkin.Eng samarali chora birinchisi hisoblanadi, u har bir shaxs iste’mol qiladigan mahsulotlarga kichik miqdorda yod qo’shish orqali amalga oshiriladi.Gap yodlangan tuz haqida bormoqda.
✅Ushbu usulning afzalliklari shundaki, bunday mahsulot juda arzon, biroq ta’sir samarasi aniq. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, bunday profilaktik chora natijasida har yili buqoq kasalligining rivojlanishi 20%ga kamaymoqda. Profilaktik ommaviy yodlash uchun boshqa mahsulotlar, masalan, non yoki suv ham ishlatiladi.
✅Buqoq kasalligini oldini olishda guruhli choralarni qo’llashda bu xastalikka chalinish xavfi yuqori bo’lgan shaxslar orasida yod preparatlarini ishlatish tushuniladi. Bu birinchi navbatda bolalar va o’smirlarni o’z ichiga oladi.
✅Fiziologik jihatidan eng yaqin shakl kaliy yodid bo’lib, u turli dozirovkalarda ishlab chiqariladi va muayyan algoritm bo’yicha ishlatiladi. Bunday oldini olish maqsadlari uchun yodga boy oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish ham mumkin.
✅Kasallikni oldini olishda individual choralar ham yod preparatlarini qo’llashni anglatadi. Kerakli doza shaxsiy xususiyalar asosida, shuningdek yosh guruhiga qarab belgilanadi. Endokrinolog tavsiyasisiz bunday profilaktik choralarni mustaqil qo’llash tavsiya etilmaydi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum