✅Bezgak

✅Bezgak (ital. malaria, malaaria – badboʻy havo) – bezgak plazmodiylari qoʻzgʻatadigan invazion kasallik; isitma tutishi, qonda jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlishi, kamqonlik, jigar va taloqning kattalashuvi bilan kechadi.

✅Bezgakning plazmodiysi toʻrt xil, shunga koʻra bezgakning uch kunlik, toʻrt kunlik, tropik va Afrika xillari bor.

✅Bezgak kasalligining turlari

✅Plasmodium falciparum:
Bu Afrika va dunyoda bezgak tufayli o’limga olib keladigan parazitdir. U tanaga kirgandan so’ng tezda ko’payadi. Bu ortiqcha qon yo’qotish va qon tomirlarining tiqilib qolishiga olib keladi.

✅Plasmodium vivax:
Ko’pincha Afrikadan tashqarida joylashgan hududlarda uchraydigan bezgak paraziti turi.Tanaga kirgandan so’ng, u uzoq vaqt davomida hech qanday alomat ko’rsatmasdan inkubatsion davrini o’tashi mumkin. U oylar yoki yillar o’tib bezgak kasalligini keltrib chiqaradi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum