✅A vitamini odamlar va hayvonlar organizmida ko’plab muhim biokimyoviy vazifalarni bajaradi.
✅Retinol — bu asosiy ko’rish pigmenti — rodopsinning tarkibiy qismi hisoblanadi. Retin kislota shaklida vitamin o’sish va rivojlanishni rag’batlantiradi.
✅Retinol hujayra membranlarining tuzilmaviy tarkibiy qismi bo’lib, organizmning antioksidant himoyasini ta’minlaydi.
✅A vitamini yetishmovchiligida epiteliyning turli shikastlanishlari rivojlanadi, ko’rish yomonlashadi va shox pardaning namlanishi buziladi.
✅Shuningdek, immun funktsiyasining pasayishi va rivojlanishning sekinlashuvi ham kuzatiladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum