⚠️ BOTULIZMDAN EHTIYOT BO‘LING!

⚠️ BOTULIZMDAN EHTIYOT BO‘LING!

🥫 Birgina ehtiyotsizlik hayotingiz uchun xavf tug‘dirishi mumkin!
Botulizm — asosan noto‘g‘ri tayyorlangan yoki saqlangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadigan, hayot uchun xavfli kasallik.
❗️ Botulizmning oldini olish uchun:
✅ Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘ling.
✅ Qopqog‘i shishgan, oqayotgan yoki buzilgan konservalarni iste’mol qilmang.
✅ Shubhali mahsulotni ta’mini bilish uchun ham tatib ko‘rmang!
✅ Meva-sabzavotlarni yaxshilab yuving, mahsulotlarni tayyorlash va saqlash qoidalariga qat’iy rioya qiling.
🚨 ESDA TUTING! Ko‘rishning xiralashishi, ikki ko‘rish, yutish yoki gapirish qiyinlashishi, mushaklar kuchsizligi kabi belgilar kuzatilsa, zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat qiling. Botulizmda vaqtni boy berish hayot uchun xavfli!
💚 Sog‘lig‘ingiz — o‘z qo‘lingizda! O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!
📢 Ushbu postni yaqinlaringiz bilan ulashing — ogohlik hayotni saqlab qolishi mumkin!

https://t.me/sanepidqom_qarshitum