⚠️ BOTULIZM VA OVQATDAN ZAHARLANIŞDAN EHTIYOT BO‘LING!

⚠️ BOTULIZM VA OVQATDAN ZAHARLANIŞDAN EHTIYOT BO‘LING!

Botulizm — hayot uchun xavfli kasallik! U, ayniqsa, noto‘g‘ri tayyorlangan va saqlangan konserva mahsulotlari orqali yuqişi mumkin.

🚫 Xavfning oldini oliş uchun:

🔹 Uy şaroitida tayyorlangan konservalarni tayyorlaşda sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qiling.
🔹 Qopqoği şişgan, oqayotgan, zanglagan yoki şikastlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmang.
🔹 Şubhali mahsulotni ta’tib ko‘rmang — botulizm toksinini ko‘riş, hidlaş yoki ta’midan aniqlaş mumkin emas.
🔹 Tez buziladigan oziq-ovqatlarni muzlatkiçda saqlang.
🔹 Meva-sabzavotlarni yaxşilab yuving, oziq-ovqat tayyorlaşda tozalik qoidalariga amal qiling.
🔹 Xom va pişirilgan mahsulotlarni alohida saqlang.

🤒 Quyidagi alomatlarga befarq bo‘lmang!

Botulizmda ko‘rişning xiralaşişi yoki ikkita ko‘rinişi, ko‘z qovoqlarining tuşişi, yutiş va gapiriş qiyinlaşişi, muşaklar zaiflaşişi hamda nafas olişning buzilişi kuzatilişi mumkin.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum