‼️QUTURISH KASALLIGIDAN OGOH BO‘LING!
❗️YODINGIZDA BO‘LSIN!
📌 Hayvon tashlanishidan saqlanish — bu quturishni oldini olishning oltin qoidasi ekanligini doimo yodingizda tuting!
📌Itni doimo bog‘langan holda saqlash, ko‘chaga olib chiqilganda tumshuq tasmasini taqish, itni tunda ko‘chaga chiqarib yubormaslik va ko‘chada qarovsiz qolishi hamda yovvoyi hayvonlar bilan muloqotda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
📌Farzandlaringizni qarovsiz qolgan va begona itlar bilan o‘ynashiga hamda ularni uyga olib kelishiga yo‘l qo‘ymang!
📌Itni o‘z vaqtida hududiy veterinariya idoralariga olib borib, ro‘yxatdan o‘tkazish, har yili uni veterinariya ko‘rigidan o‘tkazib, quturishga qarshi emlatish zarur.
‼️Agar Sizni hayvon tishlasa yoki so‘lagi jarohatlangan teri va shilliq qavatingizga tushsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilishingiz hamda mutaxassis vrachning tavsiyasiga ko‘ra, quturishga qarshi o‘z vaqtida va to‘liq emlanishingiz kerak.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum